16:31 / 09.12.2015
4512

Po‘lat Saidqosimov: xususiymi, davlatnikimi, tomoshabin yaxshi kino ko‘rishni istaydi

Taniqli aktyor, O‘zbekiston xalq artisti Po‘lat Saidqosimov “Oila davrasida” gazetasiga bergan intervyusida bugungi kunda O‘zbekistonda ishlanayotgan filmlarni “davlat filmi” va “xususiy film” deb ajratish tendensiyasiga qo‘shilmasligini bildirdi.

“Tomoshabin, avvalo, yaxshi kino ko‘rishni istaydi, - dedi u. – Xususiymi yoki davlat kinostudiyasida ishlanganmi – tomoshabinga buning farqi yo‘q. Mana, hozir aksariyat yoshlar “O‘zbekfilm” chiqargan kinolarga tushmaydi. Endi nomi chiqqan ikkitagina aktyor o‘ynagan xususiy kinolarga esa oshiqadilar. Afsuski, bugun ayrim xususiy kinostudiyalar mana shunga e'tibor qaratib, kinoning saviyasi haqida o‘ylamayapti ham”.

Uning fikricha, saviyasiz filmlar tomoshabin didini o‘ldirmoqda.
“Avvallari bitta spektakl qo‘yilsa, to‘rt kunlab muhokama qilinardi, - dedi aktyor. – Shu tarzda teatrda ham, kinoda ham xom-xatala asarlar chiqmasdi. Hozir unday muhokamalar yo‘q, tuzuk-quruq ssenariy tayyor bo‘lmasdan kinoga olishni boshlab yuborishadi”.

Top