15:06 / 09.12.2015
13843

Rossiya harbiylari IShID pozitsiyalariga suv osti kemasidan qanotli raketalar uchirilishini ko‘rsatdi

Rossiya mudofaa vazirligi “Rostov-na-Donu” suv osti kemasidan IShID qarorgohiga uchirilgan “Kalibr” dengiz qanotli raketalarining uchirilishi qayd qilingan videolavhani o‘zining YouTube’dagi sahifasida joylashtirdi.

“Buning natijasida IShID terrorchi tashkilotining Raqqa viloyatidagi ikki muhim qo‘mondonlik punkti yo‘q qilindi”, - deyiladi videoga qoldirilgan sharhda.
Raketa uchirilgani haqida 8 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga mudofaa vaziri Sergey Shoygu xabar qilgan edi.

Top