23:39 / 09.12.2015
4428

Rossiya va Xitoy xorijga kapitalning noqonuniy olib chiqib ketilishi reytingiga yana yetakchilik qilmoqda

Global Financial Integrity (GFI) tadqiqot kompaniyasi baholashicha, Rossiya va Xitoy xorijga noqonuniy kapital olib chiqib ketilishi hajmi bo‘yicha yetakchi davlatlar bo‘lmoqda. Rossiyadan o‘rtacha yilida 105 mlrd dollar, Xitoydan esa 140 mlrd dollar olib chiqib ketilmoqda.

GFI’ning yangi reytingiga 2004-2013 yillardagi davlatlar bo‘yicha ma'lumotlar kirdi. Ushbu reytingda 3-o‘rinni Meksika egallamoqda, bu davlatdan noqonuniy ravishda 53 mlrd dollar olib chiqilmoqda. Yetakchi 5 ta davlat qatoriga Hindiston va Malayziya ham kiritildi, bu davlatlardan mos ravishda yiliga 51 mlrd va 41 mlrd dollar olib chiqib ketiladi.

Hammasi bo‘lib 2004-2013 yillardagi davr ichida Rossiyadan 1,049 trln, Xitoydan 1,392 trln, Meksikadan esa 528 mlrd dollar olib chiqib ketilgan.

GFI ma'lumotlariga ko‘ra, rivojlanayotgan davlatlar kapitalning noqonuniy olib chiqib ketilishi hisobiga har yili 1 trln dollarga yaqin mablag‘ yo‘qotmoqda. Ko‘rilayotgan 10 yil ichida rivojlanayotgan davlatlardan umumiy hisobda 7,8 trln dollar olib chiqib ketilgan. Shu bilan birga olib chiqib ketilayotgan mablag‘lar hajmi har yili 6,5 foizga, ya'ni bu davlatlarning yalpi ichki mahsulotidan 2 barobar tezroq ko‘payib bormoqda.

Hisobotning avvalgi versiyasida ham Rossiya va Xitoy eng yetakchi o‘rinlarni egallagan.

Top