07:43 / 10.12.2015
3502

YeChL, G guruhi: «Chelsi» «Portu»ni mag‘lub etib, pley-offga yo‘llanma oldi

Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqich 6-turidan o‘rin olgan "Chelsi" hamda "Portu” klublari o‘rtasidagi uchrashuv 2:0 hisobida londonliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, o‘yinning 12-daqiqasidayoq Markanoning avtogoli mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 52-daqiqada Villian o‘z goli bilan hisobni 2:0 ko‘rinishga olib keldi. Uchrashuv oxiriga qadar mazkur hisob o‘zgarmay qoldi.

Shu tariqa, “Chelsi” Londonda «Portu»ni mag‘lub etib, 13 ochko bilan guruhda birinchi o‘rinni egalladi.

Ikkinchi o‘rin uchun imkoniyatga ega bo‘lgan Kiyevning "Dinamo" jamoasi esa bu imkoniyatdan foydalanib, Isroilning "Makkabi" jamoasini kichik hisobda yenggan holda pley-offga yo‘llanma oldi.

Shu tariqa, tur arafasida guruh peshqadami bo‘lib turgan "Portu" endi Yevropa Ligasida o‘ynaydigan bo‘ldi.

Yevropa Chempionlar ligasi, 6-tur

Chelsi Angliya – Portu Portugaliya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 12, avtogol Markano, 2:0 – 52 Villian.
Chelsi – Kurtua, Zuma, Aspilikueta, Ivanovich, Terri, Ramires, Matich, Oskar (Pedro, 81), Villian, Azar (Remi, 90), Diyego Kosta (Obi Mikel, 86).
Portu – Kasilyas, Markano, Martins Indi, Pereyra (Ruben Nevesh, 57), Maykon, Imbula (Abubakar, 56), Danilu Pereyra, Braimi, Errera (Telo, 71), Korona, Layyun.
Ogohlantirishlar: Diyego Kosta (20), Matich (31), Pereyra (34), Danilu Pereyra (41), Martins Indi (43), Ivanovich (74).

Dinamo Kiyev Ukraina – Makkabi Tel-Aviv Isroil 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 16 Garmash.
Dinamo Kiyev – Shovkovskiy, Dragovich, Danilo Silva, Xacheridi, Antunesh, Rybalka, Sidorchuk, Yarmolenko (Gusev, 18), Garmash (Velozu, 64), Morayes (Teodorchik, 89), Gonsales.
Makkabi Tel-Aviv – Raykovich, Dasa, Garsiya, Ben Xarush, Tibi, Rikan, Igebor (Perets, 72), Zaxavi, Mixa (Vermut, 72), Ben Xaim (Itsxaki, 83), Alberman.
Ogohlantirishlar: Antunesh (31), Danilo Silva (40), Igebor (42), Rybalka (45), Tibi (81), Itsxaki (87).

Top