15:15 / 10.12.2015
2073

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi nazorat o‘yinida Qatarni mag‘lub etdi

9 dekabr kuni futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Doha shahrida Qatar terma jamoasiga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

7 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan ilk bahsda Xose Mariya Mendez boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi 4:5 hisobida yutqazib qo‘ygandi.

Ikkinchi uchrashuvning birinchi bo‘limida O‘zbekiston vakillari mezbonlar darvozasiga javobsiz ikkita to‘p kiritishdi. Dilshod Irsaliyev va Konstantin Sviridov o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi.

Tanaffusdan so‘ng qatarliklar hisobni qisqartirishdi. Irsaliyev dublga erishib, yana ikki to‘p farqini yuzaga keltirdi. Bahsdagi so‘nggi golni mezbonlar urishdi - 2:3. Shu tariqa O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qatarni mag‘lub etdi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

Qatar – O‘zbekiston 2:3

Gollar: Dilshod Irsaliyev 2ta, Konstantin Sviridov

O‘zbekiston (Birinchi beshlik): Rustam Umarov, Konstantin Sviridov, Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, Dilshod Irsaliyev. Klim Tyugayev, Javlon Anorov, Davron Choriyev, Dilshod Rahmatov, Andrey Shlema, Ilhom Hamroyev, Nodir Eliboyev, Feruz Faxriddinov, Jamoliddin Sharipov, Sunnat Kuralov, Davron Abdurahmonov.

Top