14:44 / 10.12.2015
3514

Halabda o‘t ochilishi natijasida 30 kishi halok bo‘ldi

"Al-Mayadin" telekanaliga asoslanib, "RIA Novosti" agentligining xabar berishicha, Suriyaning Halab shahri atrofidagi hududda otishma sodir etilgan.

Minomyot va raketa otish qurilmasidan shaharning aholi yashovchi hududlariga qarata o‘t ochilgan.

Xabar qilinishicha, buning natijasida tinch aholining 30 nafar vakili qurbon bo‘lgan.

Biroz oldinroq, Halabdagi Rossiya konsulxonasi binosi yaqinida avtomobil portlatilgandi.

Top