17:13 / 10.12.2015
20284

Independent: kurd ayollari sababli IShID jangarilari Jannatga tushmaydi

Kurd milliy otryadlaridagi ayollar IShID jangarilari uchun katta tahdid tug‘dirmoqda, deya yozdi The Independent nashri.
“Ular islom nomi ostida jang olib borayapmiz, deb o‘ylashadi. Ular IShIDdan kimdir qizlar qo‘liga tushib qolsa, Jannatga tushmasligiga ishonishadi.

Ular qizlardan qo‘rqishadi”, - dedi ayollar otryadlaridan birining komandiri.Gazetaning xabar berishicha, yosh ayollardan iborat bunday otryadlar uch yil muqaddam tashkil topgan bo‘lib, Kobani shahri uchun kechgan janglarda katta ahamiyat kasb etdi.

20 yoshli ayol-askar Efelinning aytishicha, agarda IShID jangarilari Kobaniga qaytishga qaror qilsa, ularning hech biri tirik qolmaydi.Qayd etilishicha, bunday otryadlar faoliyati islomni niqob qilib olgan terroristlarga ayollarning jamiyatda qanchalar muhim rol o‘ynashini ko‘rsatib qo‘ydi.

Top