20:14 / 10.12.2015
2663

Italiya ishbilarmonlik doiralari O‘zbekistonga tashrif bilan keldi

Italiya ishbilarmonlik doiralari delegatsiyasi 9 dekabrda O‘zbekistonga uch kunli tashrif bilan keldi.

Tashrif “Italiya-O‘zbekiston qo‘shma savdo palatasi (CIUZ)ning Turin savdo-ishlab chiqarish palatasi, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi va Turin politexnika universiteti bilan hamkorligida tashkil etildi.

Delegatsiyaga Luiji Iperti boshchilik qilmoqda. Delegatsiya tarkibiga Tecnocad Progetti, MEC, Mobitecno, Gruppa CNL, Meccanotecnica Umbra va boshqa kompaniyalar vakillari kirgan.

Tashrif davomida V2V (biznes-biznes uchun) formatida biznes-anjumanlar, Turin politexnika universitetining Toshkentdagi filiali hamda ishlab chiqarish va industrial hududlarda uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tadbirlarda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bozorlaridagi yangi tendensiyalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Italiya kompaniyalari O‘zbekiston vakillari bilan to‘qimachilik, mashinasozlik, oziq-ovqat, farmatsevtika, energetika va boshqa sohalarda aloqalarni o‘rnatmoqchilar.

Top