09:49 / 10.12.2015
3520

OAV: Ar Riyod Iroq Kurdistoniga 8 mlrd dollar miqdorida moliyaviy ko‘mak berdi

Saudiya Arabistoni Iroq Kurdistoniga 8 mlrd dollar miqdorida moliyaviy ko‘mak berdi. Bu haqda Eronning Fars agentligi ma'lum qilgan.

"Iroq Kurdistoni prezidenti Masud Barzani Ar Riyodga tashrifi vaqtida Saudiya Arabistoni hukumatidan 8 mlrd dollar miqdorida moliyaviy ko‘mak oldi. Ushbu ma'lumotni Iroq parlamentining “O‘zgarishlar uchun harakat” kurd partiyasi deputati Sarvax Abduvolid e'lon qilgan”, - deyiladi agentlik xabarida.

Shu bilan birga deputatning xavotirli fikriga ko‘ra, yordam tariqasida ajratilgan ushbu pullar “Iroq Kurdistoni rahbarining oila a'zolari va Kurdistondagi yuqori lavozimli amaldorlar o‘rtasida taqsimlanadi”.

Top