14:31 / 10.12.2015
8699

"Paxtakor", "Lokomotiv" va "Nasaf" jamoalari OChL-2016 guruh bosqichidagi raqiblari nomlarini bilib olishdi

Bugun Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida Osiyo Chempionlar ligasining 2016 yilgi mavsumiga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Qur'a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston vakillari ham o‘z raqiblari nomlarini bilib olishdi. 

SPORT telekanali Toshkent vaqti bilan 13:30da boshlangan qur'a tashlash marosimini to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qildi.

OChL-2016 guruh bosqichi qur'a natijalari (G‘arbiy mintaqa)

“A” guruhi
“Sepohon” (Eron)
“An-Nasr” (BAA)
“Lokomotiv” (O‘zbekiston)
"Al-Ittihod" (Saudiya Arabistoni) / "Al-Vihdat" (Iordaniya) g‘olibi

“V” guruhi
“An-Nasr” (S.Arabistoni)
“Zob Ohan” (Eron)
“Laxviya” (Qatar)
"Bunyodkor" (O‘zbekiston) / "Ash-Shabab" (BAA) g‘olibi

“S” guruhi
“Paxtakor” (O‘zbekiston)
“Al-Hilol” (S.Arabistoni)
“Traktorsoziy” (Eron)
"Al-Jazira" (BAA) / "As-Sadd" (Qatar) g‘olibi

“D” guruhi
“Al-Ayn” (BAA)
“Nasaf” (O‘zbekiston)
“Al-Ahli” (S.Arabistoni)
"Naft Tehron" (Eron) / "Al-Jaish" (Qatar) g‘olibi

"Bunyodkor" ishtirokidagi saralash o‘yini 9 fevral kuni bo‘lib o‘tsa, guruh bosqichi 23 va 24 fevral kunlari boshlanadi.

OChL-2016 guruh bosqichi qur'a natijalari (Sharqiy mintaqa)

Top