19:12 / 10.12.2015
5390

Pentagon IShID bilan kurashish uchun xorijda yangi harbiy bazalar yaratmoqchi

AQSh Mudofaa vazirligi Afrika, Janubi-G‘arbiy Osiyo va Yaqin Sharqda yangi harbiy bazalarni yaratish bo‘yicha rejani Oq uyga ko‘rib chiqish uchun kiritdi. The New York Times gazetasining ma'lum qilishicha, bu bazalar AQShga IShIDga qarshi kurashda yordam beradi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, “bazalar razvedka ma'lumotlarini yig‘ish va AQSh va Yevropa davlatlariga bevosita xavf soluvchi IShID bilan bog‘liq guruhlarga aviazarbalar berish uchun ishlatilishi mumkin”.

Pentagonning yangi rejasiga ko‘ra, yangi tuzilma 4 ta baza yaratilishini, jumladan Jibuti va Afg‘onistondagi mavjud bazalarning kengaytirilishini ko‘zda tutadi. Yana ikkita kichikroq bazalar Niger va Kamerun kabi davlatlarda yaratilishi mumkin. Bu davlatlarda AQSh ayni paytda uchuvchisiz parvoz qurilmalari yordamida kuzatuv missiyasini amal oshirmoqda.

Taxmin qilinishicha, bazalarda 500 dan 5 minggacha amerikalik harbiylar joylashtiriladi. Loyihaning amalga oshirilishi “bir necha million dollarga aylanadi”. Yangi harbiy bazalarni yaratish uchun bazalar joylashtirilishi rejalashtirilayotgan davlatlardan ruxsat olish talab etiladi.

Top