O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Sardor Rashidov Qatar chempionatining navbatdagi tur o‘yinida ham o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.
Yulduzlar Ligasining “Al Jaish” klubida faoliyat olib borayotgan Rashidov 12-tur doirasidagi “Umm Salal” jamoasiga qarshi o‘yinning 21-daqiqasida maydonga tushdi va 74-daqiqada o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. Uchrashuv 3:2 hisobida “Al Jaish”ning mag‘lubiyati bilan yakun topdi.
Hozirgi vaqtda “Al Jaish” musobaqa jadvalining ikkinchi pog‘onasida bormoqda. Sardor Rashidov esa shu vaqtga qadar 12 o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urishga erishdi.