22:01 / 10.12.2015
2891

Sport: Roys yozda "Barselona" jamoasiga o‘tishdan bosh tortgandi

"Barselona" klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu shu yilning yozida bo‘lib o‘tgan klub prezidentligi uchun saylovda o‘z nomzodini qo‘ygan vaqtda qilgan ishlardan biri Dortmundning "Borussiya" jamoasi a'zosi Marko Roysni Kataloniyaga olib kelishga urinish bo‘lgan.

Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko‘ra, Bartomeu o‘shanda germaniyalik futbolchisi va uning agenti bilan ham uchrashgan. Ammo Roys "ko‘k-anorranglilar" safiga o‘tish taklifini rad etgan. Buni u Ispaniya grandi safida o‘ynash uchun o‘zini yetarli darajada loyiq deb bilmasligi bilan izohlagan.

Qayd etish kerakki, transfermarkt.de bu futbolchiga 45 million yevro narx belgilagan.

Dortmund klubi yetakchisi bu mavsumda Bundesliga bahslarida 12ta o‘yin o‘tkazib, 8ta gol urgan va 2 golli pasga mualliflik qilgan.

Top