17:46 / 10.12.2015
4053

Telegraph: britan ayollari va qizlarini terrorizmda gumon qilish holati ortmoqda

Britaniyada so‘nggi yillarda terrorizmda gumon qilinib qo‘lga olinayotgan fuqarolar soni uchdan bir qismga oshdi, bunda ayollar va qizlar ham IShID tarafdorlari bo‘lib chiqmoqda, deya xabar berdi The Telegraph.

Qayd etilishicha, 2015 yilning birinchi to‘qqiz oyi davomida britan politsiyasi 315 kishini terroristlar bilan aloqadorligi uchun hibsga oldi, o‘tgan 12 oyda esa ushbu raqam 235 nafarni tashkil etgan. Ayni shu ayb bilan qamoqqa olinganlarning 50 nafari ayol kishi bo‘lsa, 15 nafari voyaga yetmaganlardir.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, hibsga olinganlarning to‘rtdan uch qismi Britaniya fuqarosi yoki ikki davlat fuqaroligiga ega. Bu esa mamlakatda “xonaki terrorizm”ning chaqnashi kuzatilganidan dalolat beradi.

O‘z navbatida, o‘tgan 2014 yilda hibsga olingan 115 fuqaro hech qanday ayblov e'lon qilinmasdan qo‘yib yuborilgan.

Top