08:55 / 10.12.2015
5841

Tojikistonda 4,4 balli zilzila sodir bo‘ldi

Tojikistonda mahalliy vaqt bilan 05:01 4,4 balli zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh geologiya boshqarmasi xabar bermoqda.

Yerosti silkinishining episentri Dushanbedan 363 km uzoqlikda joylashgan.

Hozirda jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan. 

Eslatib o‘tamiz, 7 dekabr kuni ham Tojikistonda Sarez ko‘li yaqinija 7,2 balli zilzila sodir bo‘lgan va unda 2 nafar inson halok bo‘lgan hamda 15 nafari jarohatlangan edi. Shuningdek, 500 dan ortiq aholi uylari to‘liq yoki qisman vayron bo‘lgan edi

Top