17:22 / 10.12.2015
2191

Toyota va Honda avtomobillari IIHS xavfsizlik reytingining boshiga keldi

Toyota, Honda va Volkswagen kompaniyalari eng xavfsiz mashinalar ro‘yxatiga kirgan namoyandalari jihatidan birinchi natijani qayd qilishdi, deb yozmoqda Bloomberg agentligi.

AQSh yo‘l harakat xavfsizligi sug‘urtasi instituti (Insurance Institute for Highway Safety) tadqiqoti natijalariga ko‘ra, 2015 yil yakunlariga ko‘ra eng xavfsiz mashinalar ro‘yxatiga Toyota’ning 9, Honda’ning 8 va Volkswagen’ning 5 modeli kiritildi.

Umumiy hisobda ro‘yxatdan 48ta model nomi o‘rin oldi. Xususan, unga Fiat Chrysler Automobiles NV’ning Chrysler 200 sedani ham kiritildi.

Top