13:58 / 10.12.2015
2610

Washington Examiner: Oq Uy mamlakatda irqiy ixtiloflarning kelib chiqishida respublikachilarni ayblamoqda

AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati respublikachilarning “bahsli va haqoratli ritorikasi” mamlakat ichida irqiy ixtiloflarni keltirib chiqarmoqda, deb hisoblaydi. Bu haqda Washington Examiner nashri yozmoqda.

Prezident vakili Josh Ernestning e'tiroficha, respublikachi siyosatchilar xalqning qo‘rquvidan foydalanishga intiladi va mamlakatga amalda foyda keltirmaydi.
“Albatta, bu oldindan o‘ylangan siyosiy strategiya, ular o‘z kampaniyalarini yuritish uchun mamlakatni bo‘lish yuborishni maqsad qilmoqda. Bu juda jirkanch ishdir, va prezident boshqalar bilan birgalikda bunga qarshidir”, - dedi u brifing chog‘ida.

Bunda u Donald Trampning oxirgi chiqishlarini nazarda tutgani taxmin qilinmoqda. To‘g‘ri, Ernest milliarderning nomini tilga olmadi.
9 dekabr kuni amalga oshirgan chiqishida Obama amerikaliklarning erkinligi boshqa xalqlarning erkinligi bilan bog‘liqligini, ularning tashqi ko‘rinishi, qayerdan kelgani, ismi-sharifi qanaqa ekanligi, diniy e'tiqodi hech qanday ahamiyatga ega emasligini ta'kidlab o‘tdi.

Top