11:59 / 11.12.2015
2953

2015 yilgi xalqaro iqtisodiyotning o‘sishi 2008-2009 yillar inqirozidan buyon eng past ko‘rsatkichni qayd qildi

2015 yilgi xalqaro iqtisodiyotning o‘sishi 2008-2009 yillar inqirozidan buyon eng past ko‘rsatkichni qayd qildi. 2016 va 2017 yil prognozlari vaziyatning yanada murakkablashib borishini ko‘rsatmoqda.

BMTning yangi hisobotida qayd qilinishicha, jahon iqtisodiyotining o‘sishiga besh asosiy omil to‘sqinlik qilmoqda: makroiqtisodiy noma'lumlik; xom ashyo tovarlarining past narxlari va savdo oqimlarining qisqarishi; valyuta kurslari va kapital oqimlari o‘zgaruvchanligining oshishi; investitsiyalar va mehnat samaradorligi o‘sishida kuzatilayotgan turg‘unlik; iqtisodiyotning moliyaviy va real sektorlari o‘rtasidagi katta uzilish.

Hisobotda xabar qilinishicha, Xitoy, Braziliya, Rossiya singari rivojlanayotgan davlatlardagi iqtisodiy o‘sish pasayib boraveradi. Bunday vaziyatda global o‘sishni ta'minlab beradigan iqtisodiyotlarga yana rivojlangan davlatlar aylanadi.
2016 yili jahon iqtisodiyotining o‘sishi 2.9 foizni, 2017 yilda esa 3.2 foizni tashkil qiladi.

Iqtisodiy vaziyat o‘tish iqtisodiyotidagi davlatlarning mehnat bozorlariga o‘ta salbiy ta'sir ko‘rsatgani alohida qayd qilindi.

Top