15:14 / 11.12.2015
6236

AQShda sobiq politsiyachi 13 nafar qora tanli ayolni zo‘rlaganlikda ayblanmoqda

AQShning Oklaxoma shtatidagi Oklaxoma-Siti shahri hakamlik sudi sobiq politsiyachi Deniyel Xoltsklouni xizmat yillarida 13 nafar qora tanli ayolni zo‘rlaganlikda aybdor deb topdi. Bu haqdagi qaror o‘tgan payshnba kuni chiqarildi.

Mazkur ish OAVning diqqatini o‘ziga tortdi, negaki u yana qora tanli aholining oq tanli shaxslar tomonidan tazyiqqa olinishi mavzusini ko‘tardi. Oq tanli fuqarolar hamda Osiyodan kelib chiqqan amerikaliklardan iborat hakamlar dushanbadan boshlab masalani muhokama qilib kelishdi. 29 yoshli erkak qo‘yilgan 39 ayblovdan 18tasi bo‘yicha aybdor deb topildi. Sobiq politsiyachi umrbodga qamalishi mumkin.Yakuniy hukm yanvar oyida e'lon qilinadi.

Tergov ma'lumotlariga qaraganda,  Xoltsklou kambag‘al tumanlarda istiqomat qiladigan, qonun oldida muammolari bior qora tanli ayollarni o‘lja qilib olgan. U ayollarni qo‘rqitib, yaqinlikka majbur qilgan.

Top