20:54 / 11.12.2015
2282

AQShda tibbiy vertolyot qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

AQShning Kaliforniya shtatida tibbiy vertolyot qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Bortida 2 nafar tibbiyot xodimi bo‘lgan vertolyot Fresno shahridan Beykersfilddagi shifoxonaga bemorni olib ketayotgan bo‘lgan.

Uchuvchi 30 daqiqadan ko‘proq aloqaga chiqmagandan keyin, vertolyot qidirila boshlangan.

Vertolyotning qulashiga kuchli yomg‘ir va quyuq tuman sabab bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, yomon ob-havo sharoiti tufayli qutqaruvchilar guruhi vertolyot qulagan joygacha 2 soatga yaqin vaqt davomida yetib borolmagan.

Top