11:05 / 11.12.2015
1957

Avstraliya bosh vaziri terrorchilarni qamoqdan chiqarmaslikni taklif qildi

Avstraliya qamoqlarida terrorchilik uchun o‘tirgan mahbuslar hech qachon jazo maskanidan chiqa olmasligi mumkin. Tegishli o‘zgartishlarni milliy qonunchilikka kiritish taklifi bilan bosh vazir Malkolm Tyornbull chiqdi. Bu tashabbusni mamlakat rahbari barcha shtatlar hukumatlari boshliqlari va asosiy vazirlari bilan uchrashuv chog‘ida ilgari surdi.

Loyiha tashabbuskori sifatida federal parlamentning razvedka va xavfsizlik bo‘yicha ikkala palata birlashgan qo‘mitasi raisi Den Tien ko‘rsatilmoqda. Uning fikricha, terrorchilik tahdidiga qarshi samarali kurashish uchun shtatlarning rahbarlariga bunday faoliyat uchun jazo maskanida saqlanayotgan shaxslarning qamoq muddatini xohlagancha uzaytirish imkoniyatini berish lozim.

O‘tgan payshanba kuni politsiya Sidneyda istiqomat qiluvchi ikki shaxsni qo‘lga oldi. Ulardan biri 15 yoshli o‘smirdir. Ular allaqachon qamoqqa olingan uch shaxs bilan aloqa qilib turib terakt tayryolab kelgani aniqlandi. Shu bois mazkur tashabbus qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Top