20:48 / 11.12.2015
11061

Erdo‘g‘on: Turkiya Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqmaydi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on turk qo‘shinlari Iroqning IShID jangarilari nazorati ostida bo‘lgan Mosul shahri yaqinidan olib chiqilmasligini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Prezident so‘zlariga ko‘ra, turk askarlari shaharga kurd otryadlarini tayyorlayotgan harbiylarni himoya qilish maqsadida yuborilgan.

Uning qayd etishicha, Turkiya o‘quv mashg‘ulotlarini davom ettirmoqchi.

Bundan avvalroq esa Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li IShID jangarilari tomonidan xavf darajasi ortishi mumkinligi haqidagi xabardan so‘ng turk harbiylari Iroqqa kiritilganini ma'lum qilgan edi.

Top