08:03 / 11.12.2015
2577

Yevropa ligasi, S guruhi: "Krasnodar" birinchi, "Borussiya" ikkinchi o‘rinda guruhdan chiqdi

Yevropa ligasining 6-turi doirasida "Krasnodar" Bokuda «Gabala» mehmoni bo‘ldi va yirik hisobda g‘alaba qozondi (3:0).

Krasnodarliklar bu g‘alabadan keyin guruh bosqichida 13 ochko jamg‘arishdi va 1-o‘rin bilan pley-off bosqichiga chiqishdi.

O‘zbekiston termasi vakili Odil Ahmedov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushib, o‘yinda to‘liq harakat qildi.

«Borussiya» esa oxirgi o‘yinda o‘z maydonida Gretsiyaning PAOK klubini qabul qildi va mag‘lubiyatga uchradi. Endilikda jamoa hisobidagi ochkolar soni 10taligicha qolgach, dortmundliklar guruhda ikkinchi bo‘ldi.

Yevropa ligasi, S guruhi
6-tur
Gabala Ozarboyjon – Krasnodar Rossiya 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 26 Sigurdsson, 0:2 – 40 Pereyra, 0:3 – 76 Vanderson.
Gabala – Popovich, Rafael Santos, Stankovich, Rikardino, Dashdemirov, Mesa, Gay (Sadigov, 76), Dodo, Zenev (Zergerov, 57), Antonov, Pereyra (Zets, 61).
Krasnodar – Dikan, Grankvist, Sigurdsson, Kaleshin (Laborde, 65), Petrov, Odil Ahmedov, Kabore, Mamayev, Pereyra (Gazinskiy, 69), Joaozino, Vanderson (Smolov, 76).

Borussiya D Germaniya – PAOK Gretsiya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 33 Mak.
Borussiya D – Vaydenfeller, Ginter, Subotich, Xummels, Pak Chju Xo, Shtentsel, Bender (Vaygl, 46), Yanuzay, Kagava (Obameyang, 66), Roys (Mxitaryan, 46), Ramos.
PAOK – Glikos, Skondras, Malezas, Tsavelas, Konstantinidis, Kache, Tsiolis, Tsimirot, Mistakidis (Rodriges, 78), Berbatov (Sabo, 71), Mak (Leovats, 66).
Ogohlantirishlar: Konstantinidis (36), Yanuzay (43).

Top