15:26 / 11.12.2015
7468

FT: Marin Le Pen Trampdan xavfliroq bo‘lib chiqdi

AQSh prezidentligiga nomzodlardan biri Donald Trampning xurmacha qiliqlari shunchaki sharmandali sifatida baholangan bir paytda, Fransiyaning ultrao‘ng partiyasi yetakchisi Marin Le Penning bayonotlari chinakam tahdid solmoqda. Financial Times nashrining yozishicha, ushbu arbob hokimiyat tepasiga kelgan taqdirda Yevropaning siyosatini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Marin Le Pen otasi Jan-Mari Le Penning o‘rnini egallab, u yerdagi oshkora irqchilik ritorikasini biroz pasaytirdi, va endilikda 2017 yilda prezident bo‘lishdan umid qilmoqda. O‘zining psevdovatanparvarlik mafkurasi yordamida u yahudiylar va musulmonlarga zarba bermoqchi, deb hisoblaydi gazeta kolumnisti.
Parij teraktlaridan so‘ng fransuzlarda paydo bo‘lgan qo‘rquv ultrao‘nglarga o‘z maqsadlariga erishishni osonlashtiradi. Iroq, Suriya va Afg‘onistondan qochqinlar oqimining kelishi ham Le Pen xonimga chinakam sovg‘a bo‘ldi. Bir necha yillar davom etgan ishsizlik, stagnatsiya va muhojirlarning ko‘payishi millatchilikning kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.

Shu tariqa, tahlilchining fikricha, Marin Le Pen uchun asosiy yutuqli mavzular qo‘rquv va ksenofobiya bo‘ladi. Hozircha u mamlakat yetakchisi emas, lekin bunday imkoniyatning o‘zi ham ekspertlarni tashvishga solmoqda. Uning ham ichki, ham tashqi dushmanga qarshi kurashish ritorikasi Yevropaga jiddiy tahdid soladi, xulosa qiladi maqola muallifi.

Top