00:22 / 11.12.2015
7335

Germaniya Suriyaga ilk samolyotlarini jo‘natdi

2016 yil oxiriga qadar davom etadigan missiyada 1,2 ming nafar germaniyalik harbiy ishtirok etadigan bo‘ldi.

Germaniya Suriyadagi IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi harbiy amaliyotlarni olib borish maqsadida Turkiyaga ilk harbiylari guruhini jo‘natdi. Bu haqda Bundesver saytida ma'lum qilingan.

10 dekabrda Turkiyaning "Injirlik" aviabazasiga 40 nafar harbiy, ikkita Tornado razvedkachi samolyoti va A310MRTT yoqilg‘i qo‘yish samolyotlari jo‘natildi.

Harbiylarni Turkiyaga A400M harbiy-transport samolyotlari yetkzdi. Bortda, shuningdek, yerdan turib samolyotlarni qo‘llab-quvvatlovchi qurilmalar ham mavjud bo‘lgan.
Germaniya harbiylari operatsiyalarga 1 yanvardan qo‘shilishadi.

Top