11:38 / 11.12.2015
2701

«Krasnodar» Yevropa Ligasining guruh bosqichida kamida 5 mln yevro ishlab oldi

Rossiya klublarining Yevropa ligasida ishlab topgan pullari miqdori ma'lum bo‘ldi.

TASS axborot agentligi bergan ma'lumotga ko‘ra, «Krasnodar» 5,18 million yevrodan, «Lokomotiv» 4,84 million yevrodan, «Rubin» esa 3,34 million yevrodan kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘ ishlab topadi.

«Krasnodar», «Lokomotiv» va «Rubin» shuningdek marketing evaziga topiladigan qo‘shimcha daromadga ham ega bo‘lishi mumkin. Yevropa ligasining ishtirokchilari uchun marketing umumiy mablag‘i 152,4 million yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, «Krasnodar» va «Lokomotiv» o‘z guruhlarida birinchi o‘rinni egallagan va Yevropa Ligasining 1/16 finaliga yo‘llanma olgandi.

Top