00:44 / 11.12.2015
2615

Marokash TIV: BMTning iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha keyingi xalqaro sammiti Marokashda o‘tkaziladi

BMTning iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan xalqaro sammiti 2016 yilning 7-18 noyabr kunlari Marokashning Marrakesh shahrida o‘tkaziladi. Bu haqda Marokash tashqi ishlar vaziri Salohiddin Mezuar ma'lum qilgan. "Marokash uchun ushbu xalqaro sammitni qabul qilib olish sharafdir”, - dedi u.

Qirol Muhammad VI boshliq Marokash delegatsiyasi o‘z ishini 11 dekabrda yakunlaydigan Parijda o‘tayotgan iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan xalqaro sammitda faol ishtirok etdi.

Qirol o‘z chiqishi davomida “iqlimning buzilish darajasi butun sayyora bo‘yicha yuqorilaganligini” aytib o‘tdi.

Top