10:49 / 11.12.2015
6373

OAV: IShID pasport tayyorlovchi qurilmalarga ega bo‘lishi mumkin

AQSh milliy xavfsizligi bo‘linmalaridan birining ma'lum qilishicha, IShID terrorchilik tashkiloti pasport tayyorlash uchun zarur bo‘ladigan maxsus texnikalarga ega bo‘lishi mumkin. Bu haqda ABC xabar bermoqda.

“Rakka va Deyr az Zaurning jangarilar tomonidan qo‘lga olinganiga 17 oy bo‘ldi. Ammo IShID nazorati ostidagi hududlarda yashovchi suriyaliklar qo‘lida pasportlar paydo bo‘lganki, ular buning yordamida AQShga kirib kelishlari mumkin”, — deyiladi ma'lumotda.

Ma'lum qilishlaricha, Parij teraktlarini sodir etgan terrorchilarning ayrimlarida ham Suriyaning soxta pasportlari bo‘lganligi aniqlangan.

Top