15:33 / 11.12.2015
6673

O‘rta osiyolik IShID jangarilari soni bir yarim yilda 300 foizga oshdi

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Suriya va Iroqda jang olib borayotgan o‘rta osiyolik terroristlar soni 2014 yilning iyunidan buyon qariyb 300 foizga oshgan. Bu haqda 12news.uz xabar bermoqda.

Amerikaning Soufan Group tadqiqot markazi tomonidan dekabr oyida tarqatilgan hisobotda IShID tarkibida harakat olib borayotgan xorijliy yollanma qotil va terroristlarning soni to‘g‘risida ma'lumotlar keltirilgan.

Tadqiqotchilar hisob-kitobiga ko‘ra, Suriya va Iroqda terroristlar safida urush olib borib, nohaq qon to‘kayotgan o‘rta osiyoliklar soni quyidagicha taqsimlangan: 300 nafar qozog‘istonlik, 500 nafari qirg‘izistonlik, 386 nafari tojikistonlik, 360 nafari turmanistonlik va 500 nafari o‘zbekistonlikdir.
“Qatnashchilarning oila a'zolari va yaqin tanishlari radikalizatsiya jarayonida hal qiluvchi omil bo‘lmoqda”, - deya ma'lum qilishdi Soufan Group konsultantlari.

Top