22:16 / 11.12.2015
3554

O‘zbekiston-Qozog‘iston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi

2015 yilning 7-11 dekabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi Hukumat delegatsiyalari O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasi demarkatsiyasiga oid hujjatlarni tayyorlash ishlari davom ettirildi.

Muzokaralar konstruktiv oqimda, do‘stona qo‘shnichilik ruhida va bir-birining manfaatlarini inobatga olgan holda bo‘lib o‘tdi.

Top