07:47 / 11.12.2015
3602

Pentagon IShIDning 3 nafar yo‘lboshchisi o‘ldirilganini ma'lum qildi

AQSh harbiy ma'muriyatining ma'lum qilishicha, xalqaro koalitsiya samolyotlari olib borgan so‘nggi amaliyotlar natijasida IShIDning moliya ishlari vaziri hamda yana ikki nafar yuqori martabali amaldori yo‘q qilingan.

AQSh armiyasi polkovnigi Stiv Uorrenning Pentagonda o‘tkazilgan brifing chog‘ida ma'lum qilishicha, koalitsiya samolyotlari tomonidan berilgan havo zarbalari natijasida IShID moliya vaziri hisoblangan Abu Saloh, muvofiqlashtiruvchi guruh rahbari bo‘lgan generali va ijrochi direktor vazifasini bajargan bir amaldori halok bo‘lgan.

Bundan oldinroq, Pentagon IShIDning Liviyadagi yetakchilaridan biri Abu Nabilning o‘ldirilganini tasdiqlagandi.

AQSh boshchiligidagi koalitsiya samolyotlari Iroq hududiga 10 marta zarba bergan, Kirkuk va Al-Falluja shaharlari qatorida Ar-Ramadi shahri ustida ham zarbalar amalga oshirilgan.

Top