15:28 / 11.12.2015
17956

Alisher Usmonov Putinga metallurglar qancha oylik olayotganini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun, 11 dekabr kuni, USM (“Metalloinvest”, “Megafon” va Mail.ru Group) kompaniyalari guruhi egasi Alisher Usmonov bilan uchrashdi. Bu haqda Kremlning rasmiy sayti xabar berdi.

Suhbat chog‘ida Usmonov 2015 yilda guruhning umumiy tushumi 700-800 mlrd rublni tashkil qilishini aytib o‘tdi.
“Xom ashyo tovarlarining xalqaro kon'yunkturasi bir necha barobarga tushib ketdi, Rossiya hududidagi xizmatlarning narxlariga kelsak, biz esa ularni rubl hisobiga taqdim etamiz, aylanma mablag‘larni jalb qilishda baribir muammolar uchramoqda.

yaizning hajmimiz kichraymoqda, lekin shu yili 700-800 mlrd rubllik xizmatlarni taqdim etishga ulgurdik. Bu o‘tgan yilgidan kamroq, lekin bu holat tovar narxi bilan bog‘liq”, - ma'lumot berdi tijoratchi.
U qayta ishlash mahsulotlari “Metalloinvest”ga xom ashyodan ko‘ra ko‘proq foyda keltirayotganini tan oldi. U hukumat eksport o‘sishi kutilayotgan sohalarga yordam berishidan umid qilishini aytdi.

Putin xoldingdagi maoshlarga qiziqib ko‘rdi.
“Ishlab chiqarishda 60 ming rubl, 80 ming rubl oladiganlari ham bor. Bu metallurgik silsila. Tog‘-konchilar undan ham ko‘p oladi”, - ma'lum qildi Usmonov.

Top