20:50 / 11.12.2015
2619

Qozog‘istonda davlat xizmati ishlari bo‘yicha vazirlik tashkil etildi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston Respublikasi davlat xizmati ishlari vazirligi tashkil etish haqida qaror chiqardi, deb xabar bermoqda Oqo‘rda matbuot xizmati.

Yangi vazirlik davlat xizmatining yangi modelini amalga oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida Qozog‘iston Respublikasi davlat xizmati va korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari agentligi o‘rnida tashkil etilmoqda.

Do‘nakov Talgat Sovetbekovich ushbu vazirlikka rahbar etib tayinlandi. Do‘nakov bungacha Qozog‘iston prezidenti ma'muriyati rahbari o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Top