21:27 / 11.12.2015
7223

Qozog‘istonning sobiq bosh vaziri 10 yilga qamaldi

Qozog‘istonning sobiq bosh vaziri Serik Axmetov sud qilindi va 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan.

U xizmat vazifasini suiiste'mol qilish, pora olish, noqonuniy faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalar tashkil etilishida qatnashish va boshqalarning mulkini o‘zlashtirish kabi jinoyatlar sodir etganlikda ayblangan.

Ma'lumot uchun, Serik Axmetov 2012 yildan 2014 yilgacha, yuqorida qayd etilgan jinoyatlari uchun hibsga olinguniga qadar Qozog‘iston bosh vaziri sifatida ishlagan.

Top