19:59 / 11.12.2015
4429

Reuters: Turkiya Suriyaga IShID tomonidan o‘g‘irlangan san'at buyumlarini qaytarishni istamayapti

Anqara o‘z chegarasidan kontrabanda yo‘li bilan Suriyadan olib chiqib ketilayotgan va ushlab qolingan san'at buyumlarini Damashqqa qaytarishni istamayapti. Bu haqda Suriyadagi antiqa buyumlar va muzeylar bosh direktorati rahbari Mamun Abdulkarim ma'lum qilgan.

"Turkiya hukumati qo‘lga tushirilgan buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni istamayapti. Ular haqida hech qanday ma'lumot, hech qanday fotosuratlar taqdim etmayapti”, - deb uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Reuters. Uning ta'kidlashicha, turk hokimiyati barchasini qonuniy tarzda amalga oshirayotgani haqida aytgan.

Abdulkarimning fikriga ko‘ra, Turkiya chegarachilari IShID terrorchilari tomonidan Suriyadagi muzey va arxeologik qazishmalardan o‘g‘irlangan ikki mingga yaqin buyumni ushlab qolgan.

Top