16:34 / 11.12.2015
8262

Shoygu: IShID Suriya hududining 70 foizlik qismida nazorat o‘rnatgan

Suriya va Iroqdagi IShID jangarilari soni 60 ming nafar atrofidagi miqdorni tashkil qiladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma'lum qildi.

"IShIDning mintaqadagi ta'sir doirasi kengayib bormoqda. Jangarilar ayni paytga kelib, Suriyaning 70 foiz hududini bosib olgan. Shuningdek, Iroqning kattagina hududi jangarilar qo‘liga o‘tgan", deydi u.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vazirligining kengaytirilgan kollegiyasidagi chiqishi vaqtida Suriyada bo‘lib turgan rossiyalik harbiylarning nishonlarni yo‘q qilishda beshafqat bo‘lib, qat'iy harakat qilishi kerakligini ta'kidlab o‘tdi.

Top