17:47 / 11.12.2015
5361

Shoygu: Rossiya HKK Suriya hududida IShIDning 8 mingta obektini yo‘q qildi

Rossiya Harbiy Koinot kuchlari Suriya hududida 4 mingga yaqin harbiy uchishlar amalga oshirib, IShIDga qarashli 8 mingdan ortiq harbiy obektlarni yo‘q qilgan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma'lum qilgan.

"Harbiy aviatsiya Suriya hududidagi jangarilarga qarshi 4 ming martaga yaqin harbiy uchishlarni amalga oshirgan va IShIDga tegishli 8 mingdan ortiq obektlarni yo‘q qilgan va tashkilot harbiy infratuzilmasiga jiddiy zarar yetkazgan", deydi Shoygu Mudofaa vazirligining har yillik kengaytirilgan kollegiyasi vaqtida.

Bundan oldinroq, Shoygu IShID Suriyaning 70 foiz hududini egallab olgani haqida aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyi oxiridan boshlab Rossiya Suriya prezidenti Bashar Asadning iltimosiga ko‘ra mamlakat hududida IShIDga qarshi amaliyotlar o‘tkazishni boshlagandi.

Top