02:10 / 11.12.2015
5015

Turkiya politsiyasi Istanbuldagi Rossiya bosh konsulligida qo‘riqlovni kuchaytirdi

Istanbul politsiyasi shahar markazidagi Rossiya bosh konsulligi binosi qo‘riqlovini kuchaytiruvchi qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, konsullik binosi joylashgan “Istiqlol” ko‘chasida kuchaytirilgan politsiya guruhi ishlamoqda hamda u yerda bir qancha politsiya avtobuslari joy olgan.

Avvalroq AQSh markaziy razvedka boshqarmasi Turkiyaga mamlakatda rus sayyohlariga qarshi teraktga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqidagi razvedka ma'lumotlarini taqdim etgani to‘g‘risida xabar qilingan edi.

Top