18:10 / 11.12.2015
8469

Turkiya TIV rahbari: Bizning sabrimiz tuganmas emas

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlyut Chovusho‘g‘li NTV telekanaliga bergan intervyusida aytishicha, Turkiya Rossiyadan xotirjamlik saqlashni so‘raydi.

Uning qayd etib o‘tishicha, Turkiya tomonining sabri bitmas-tuganmas emas.

"Rossiya samolyot voqeasidan keyin (Su-24 samolyoti urib tushirilishi nazarda tutilmoqda - tahririyat izohi) istagan ishini qilishga urinmoqda. Lekin biz abadiy jim turmoqchi emasmiz", deydi vazir.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya harbiylari Iroq shimoliga joylashtirilishining sababi mamlakat xavfsizligini ta'minlash hisoblanadi.

Bundan oldinroq, Turkiya bosh vaziri yana bir marta Rossiya bilan tushunmovchiliklarning oldini olish uchun Turkiya tomoni o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanini aytgandi.

Top