19:48 / 11.12.2015
3206

Turkiya va Iroq xavfsizlik sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi

Turkiya va Iroq xavfsizlik sohasida hamkorlikning yangi mexanizmlarini tashkil etish bo‘yicha ishlarni boshlash haqidagi kelishuvga erishi, deyiladi turk hukumatining saytiga joylashtirilgan rasmiy bayonotda.

“Turkiya Milliy razvedka tashkiloti rahbari Hoqon Fidan va Tashqil ishlar vazirining o‘rinbosari Faridun Siniro‘g‘li Iroqqa tashrif buyurib, bosh vazir Haydar al-Abadiy, Tashqi ishlar vaziri Ibrohim al-Jaafariy va Mudofaa vaziri Holib al-Obaydiy bilan muzokaralar olib bordi. Biz tomonimizdan Iroqning hududiy yaxlitligi va mamlakat rahbariyatining IShID bilan kurashida unga ko‘maklashishda davom etish qat'iyatiga xurmat ta'kidlab o‘tildi. Bashikdagi qochqinlar lageri va bizning iroqlik ko‘ngillilarni IShIDga qarshi kurashga tayyorlayotgan instruktorlarimiz xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha tahdidlarning ortishi, shuningdek, Iroq hukumatining ta'sirchanligi munosabati bilan tomonlar xavfsizlik sohasida hamkorlikni chuqurlashtirishning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni boshlashgan kelishib olishdi”, - deyiladi xabarda.

Top