11:30 / 11.12.2015
1758

«Yuventus» Berardini 22 mln yevro to‘lab, ortga qaytarmoqchi

Italiyaning «Yuventus» klubi «Sassuolo»dan Domeniko Berardini mavsum so‘nggida yana qayta sotib olish niyatida.

Tuttosport nashri bergan xabarga ko‘ra, turinliklar Italiya yoshlar terma jamoasining 21 yoshli futbolchisi uchun 22 million yevro to‘lashga tayyor bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili yozda «Sassuolo» «Yuventus»da qolgan futbolchining yarim huquqini 10 million yevro evaziga sotib olgandi.

Ma'lumot uchun, Berardi Italiya chempionatida bu mavsum 10 uchrashuvda maydonga tushib 2ta gol va 2ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Top