15:16 / 12.12.2015
20902

Dronlar yordamida tushirilgan 37 ta ajoyib surat

Uchuvchisiz boshqariladigan apparatlar yordamida tushirilgan suratlar xuddi GoPro kameralirida ilk marta tasvirga tushirilgan tryuklardek, kishida hayrat tuyg‘usini uyg‘otadi. Faqat dronlar u qadar ommalashmayapti, bunga ko‘plab sabablarni misol qilib keltirish mumkin.

Bunga butun dunyo bo‘yicha qabul qilingan dronlardan jamoat joyida foydalanmaslik to‘g‘risidagi qonun ham asosiy sabablardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Ammo shunga qaramay ayrim ishqibozlar yoki to‘g‘riroq qilib aytadigan bo‘lsak san'atsevar ixlosmandlar tomonidan dronlar yordamida bir qancha ajoyib ijod namunalari amalga oshirildi. Masalan, suratkash Amos Chappl ikki yil vaqt mobaynida dunyoning turli nuqtalarida bo‘lib, dronlar yordamida turli suratlarni tarixga muhrlashga muvaffaq bo‘ldi.

Bugun biz uning ijodiga taalluqli 37 ta ana shunday ajoyib suratlar jamlanmasini e'tiboringizga havola etishni istadik. Ular juda go‘zal, takrorlanmas va kishini hayratga solar darajada professionallik bilan amalga oshirilgan.

Ilk sayyohlar shu kunlarda Toj Mahal darvozasi ostonasidan o‘tib, uni tomosha qilishga oshiqishmoqda.


Barselona, Ispaniya.


Parijdagi Bazilika Sakre-Kyor ibodatxonasi rang-barang tumanlar og‘ushida.


Viktoriya mayoqi Triyest ko‘rfazi fonida, Italiya.


“Ukraina” mehmonxonasi, Moskva.


Spasa-na-Krovi ibodatxonasi, Sankt-Peterburg, Rossiya.


Spasa-na-Krovi ibodatxonasi (panorama), Sankt-Peterburg, Rossiya.


Istanbuldagi moviy masjid, Turkiya.


Mumbaydagi shimoliy kulbalar hududidagi Hill 3 yassi tepaliklar.


Abxaziyadagi plyaj.


Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitaji, Rossiya. Dron uchish vaqtida Wi-Fi to‘lqinlari sabab to‘lqin ushlash bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lgan va uni boshqarish yo‘qolgan. Natijada dron yerga qulagan va parcha-parcha bo‘lib ketgan.


Yangi Dehlidagi Lotos ibodatxonasi, Hindiston.


Mumbaydagi baliq ovlovchi kemalar turadigan joy, Hindiston.


Sankt-Peterburgdagi Aleksandrovsk kolonnasi, Rossiya. Suratning aynan shu payt olinganiga qaraganda suratkash sayyohlarni va oddiy yo‘lovchilarni bezovta qilishni istamagan.


Ikkita jangchi o‘zlari bundan ikki soat muqaddam kavlagan o‘rada milliy kurash Koshti bilan shug‘ullanishmoqda, Hindiston. 


Tbilisidan oqib o‘tuvchi Kura daryosi, Gruziya.


Moskvadagi “Ishchilar va koloxozchilar” haykali. Dron yuzlab surat oladi. Ulardan faqatgina 10-20 foizigina omadli chiqadi xolos.


Qutqaruvchi Masih ibodatxonasi subhidamda, Moskva.


Qutqaruvchi Masih ibodatxonasi, Moskva.


Gruziyadagi Katsxi tepalagi. Unda 20 yildan beri Xudoga yaqin bo‘laman, degan maqsadda bir xudojo‘y istiqomat qiladi.


Petergofdagi Petr va Pavel Sobori, Sankt-Peterburg, Rossiya.


Yulduz shaklidagi fort, Burtanj, Niderlandiya. Fotograf dronni hech qachon o‘zidan uzoqlashtirmaydi. Har doim uni ko‘z o‘ngida saqlaydi.


Barselonadagi Muqaddas Qalb ibodatxonasi, Ispaniya. Suratkashning so‘zlariga qaraganda, u o‘zining eng yaxshi suratini tund havoda tushirishga muvoffiq. Masalan, mana shu surat olinganidan so‘ng oradan 20 daqiqa o‘tib, Barselona uzra momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ib o‘tgan.


Sankt-Peterburgdagi admiral verflari, Rossiya.


Petropavlovsk qal'asidagi Petr va Pavel Sobori, Sankt-Peterburg, Rossiya.


Galidagi buzib tashlangan kollej, Abxaziya.


Budapeshtdagi Ozodlik haykali, Vengriya.


Moskvadagi Avliyo Vasiliy Sobori. 


Petergofdagi saroy, Sankt-Peterburg, Rossiya.


Yangi Dehlidagi jome masjidi, Hindiston.


Mumbaydagi kulbalar, Hindiston.


Aleksandrovsk kolonnalari tepaligidagi haykal, Sankt-Peterburg, Rossiya.


Sankt-Peterburgdagi yozgi bog‘, Rossiya.


Jamani daryosi fonidagi Toj Mahal, Hindiston.


Budaysk qal'asi, Budapesht, Vengriya.


Budaysk qal'asi tunda.


Tonggi Sankt-Peterburgda Ermitaj, Rossiya.



Top