18:20 / 12.12.2015
4168

Kerjakov: Villash-Boash menga "Zenit" bazasida ko‘rinish berishni taqiqlab qo‘ygan

Rossiyalik hujumchi Aleksandr Kerjakov "Match TV" efiri orqali "Zenit" jamoasi bosh murabbiyi Andre Villash-Boash uni jamoa bazasida ko‘rishni istamasligini aytgani haqida ma'lum qildi.

30 sentabr kuni "Zenit" jamoasi bosh direktori Maksim Mitrofanov ushbu futbolchi ijaraga berilishini aytgandi. Rossiya terma jamoasiga nomzod ushbu tajribali hujumchi bilan Sankt-Peterburg jamoasining shartnomasi 2016 yilning yoziga qadar tuzilgan.
32 yoshli Kerjakov shu yilning iyunida "Zenit"ning ikkinchi jamoasiga tushirilgan. Shundan so‘ng ham futbolchi boshqa jamoaga o‘tishni istamasligini, faoliyatini shu jamoada yakunlamoqchiligini bildirgan.

Kerjakov Rossiya futboli tarixidagi eng yaxshi hujumchi sifatida tan olingan. U Rossiya chempionatida 224ta, terma jamoa safida esa 30ta gol urish orqali bu nomga sazovor bo‘lgan. U "Zenit"dan tashqari Moskvaning "Dinamo" va Ispaniyaning "Sevilya" jamoalari safida o‘ynagan. U 3 marta Rossiya chempioni (2010, 2012 va 2015 yillarda) hamda 2007 yilda Sevilya bilan UYeFA Kubogi sohibi bo‘lgan.

Top