20:00 / 12.12.2015
4041

Mattel kompaniyasi o‘yinchoq mashinalarni boshqarishning antiqa yo‘lini o‘ylab topdi

Hot Wheels va Barbie o‘yinchoqlarini ishlab chiqargan Amerikaning Mattel kompaniyasi sensor yordamida boshqariladigan Bug Racer mashinasini ishlab chiqardi. Unga ko‘ra “haydovchi” bolalar uni boshqarishda chirildoqdan foydalanishadi.

O‘yinchoqni Mattel onlayn-do‘konida uchratmagan turli xalqaro OAV vakillari uning borligiga shubha bilan qaramoqda.


Gizmodo nashrining ma'lum qilishicha, o‘yinchoq “xuddi birinchi aprel xaziliga o‘xshash, juda kulgili, ammo Bugracer haqiqiy mashinaga o‘xshaydi”.

O‘yinchoqning qanday ishlashi Bug Racer rasmiy saytida ko‘rsatib o‘tilgan.

O‘yinchoqda, shuningdek, chirildoqqa ovqat beruvchi bo‘limcha ham mavjud. Mashinani “boshqarish”ning turli usullari mavjud. Jumladan, qayrilishlar poygasi, to‘g‘riga poyga, erkin harakat va ko‘ngilochar harakat: bunda musiqa va turli chiroqchalar ishga tushadi.

Top