14:17 / 12.12.2015
3309

Parijda o‘tkazilgan BMTning Iqlimiy konferensiyasida yakuniy hujjat qabul qilindi

Parij shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi tashkilotchilari ishtirokchi mamlakatlar (190 davlat vakillari) 2 haftalik muhokamalardan keyin ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha bir to‘xtamga kelishgan va yakuniy hujjatni imzolashgan. Bu haqda Fransiya hukumatidagi manbasiga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Hozircha yakuniy hujjatga oid ma'lumotlar berilmagan.

"Bizda loyihaning ma'qullangani haqida ma'lumot bor. Hozirda hujjat matni jahon tillariga o‘girilmoqda", deyilgan xabarda.

Yakuniy sessiya 12 dekabr kunining ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tadi va unda yakuniy hujjat e'lon qilinadi.

Qayd etilishicha, dunyoning asosiy 6 tiliga o‘girilgan hujjat matni Toshkent vaqti bilan soat 15:30da taqdim qilinadi.

Parij anjumanidan maqsad, dunyo miqyosida tarixda birinchi bor "issiqxona gazlari"ni chiqarishni kamaytirishni majburiy qilib belgilash borasida kelishuvga erishishdan iborat edi.

Top