20:10 / 12.12.2015
8256

Qirg‘izistonning Sokuluk tumanidan Bishkekdan o‘g‘irlab ketilgan birinchi sinf bolasining murdasi topildi

Sokuluk tumanidan tumanidan Bishkekdan o‘g‘irlab ketilgan birinchi sinf o‘quvchisining jasadi topildi. Bu haqda poytaxt ichki ishlar bosh boshqarmasi ma'lumotiga asoslanib, “24.kg” axborot agentligi xabar bermoqda

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, 10 dekabr yo‘qolgan bolaning onasi militsiyaga murojaat etadi. U “pulni tayyorlab qo‘y (150 ming som), bolang menda”, degan sms olganini ma'lum qiladi. O‘sha kunning o‘zidayoq huquq-tartibot idorlari xodimlaridan tezkor guruh tuziladi va ayolning ko‘rsatmasi bo‘yicha Sokuluk tumaniga borishadi. Ammo afsuski, Kuntuu qishlog‘idan bolaning jasajini topishadi, deyiladi ichki ishlar bosh boshqarmasining ma'lumotida.

“Ayni damda surishtiruv ishlari davom etmoqda. Kelayotgan dushanba kuni yangilik bo‘lib qolishi kerak. Bolasi halok bo‘lgan ayolning 13 yoshli qizchasi ham bor”, - deb qo‘shimcha qilinadi IIBB ma'lumotida.

Top