20:25 / 12.12.2015
7786

Xitoyda bahaybat salamandrani aniqlashdi

Uning uzunligi 1,4 metr bo‘lib, og‘irligi 51,7 kilogrammni tashkil etadi. Yo‘qolib ketish arafasida turgan ushbu jonzotning yoshini ikki yuzda deb belgilashgan.

Amfibiyani tadqiqot o‘tkazish maqsadida olimlarga topshirishgan. Xitoyda ushbu jonivor qonun muhofazasida turadi. So‘nggi 30 yil ichida brakonerlik tufayli ularning soni keskin kamayib ketdi.

Xitoyning bahaybat salamandri (Andrias davidianus) 170 million yildan beri Yer sayyorasida yashab keladi. U yirik baliq va qisqachbaqasimonlar bilan oziqlanadi.

Top