19:17 / 13.12.2015
3837

Branislav Ivanovich: Agar bu yordam bersa, Vardining oyoqlariga yaxshilab tepaman

"Chelsi" jamoasining serbiyalik himoyachisi Branislav Ivanovich 16 tur doirasida "Lester"ga qarshi kechadigan bahs oldidan raqibning asosiy futbolchilaridan biri Jyeymi Vardini qurolsizlantirish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishini aytib o‘tdi.

U APLning birinchi o‘rnida joylashib turgan bu jamoaga qarshi o‘yin og‘ir kechishini qayd etib o‘tgan.

"Lester"ga qarshi qiyin o‘yin kutib turibdi bizni. Ketma-ket g‘alabalardan keyin raqibning o‘ziga ishonchi ortgan. Ayni vaqtda APLdagi himoyachilar Vardini erkin qo‘yishmoqda va u hujum qilish uchun keng imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda.

Men uni o‘ziga keltirib qo‘yishim mumkin. Albatta, uning oyog‘iga tepish kerak bo‘lsa, bu foyda bersa, qattiq tepaman. Ko‘pchilik hujumchilar o‘zlariga maydonda keskin munosabatda bo‘lishlarini yoqtirishmaydi, agar ularni yaxshilab tepilsa, o‘zlariga bo‘lgan ishonchlari so‘na boradi", degan Ivanovich goal.com nashriga.

Ma'lumot uchun, "Lester" va "Chelsi" bahsi 14 dekabr kuniga belgilangan.

Top