18:42 / 13.12.2015
4115

Daily Star: "MYu" Ronalduni taklif etish uchun bosh murabbiyni o‘zgartirmoqchi

"Manchester Yunayted" jamoasi bosh mavsum yakunlangach, murabbiylik o‘rniga Karlo Anchelottini taklif qilmoqchi

Daily Star nashrida yozilishicha, "MYu"ning bundan asosiy maqsadi jamoa natijalarini yaxshilash emas, balki Manchesterga jamoaning sobiq futbolchisi, portugaliyalik Krishtianu Ronalduni qaytarish hisoblanadi.

Qayd etish kerakki, "Real"da 2 mavsum davomida Karlo Anchelotti Ronalduga murabbiylik qilgandi.

Italiyalik mutaxassis bundan avvalroq, "MYu"da ishlashga qarshi bo‘lmasligini bildirgandi.

Ronaldu esa ushbu murabbiyni sog‘inganini va u bilan yana birga ishlashni istashini aytib o‘tgan.

Top