21:04 / 13.12.2015
5400

Google rahbari musulmonlarni qo‘llab-quvvatlab, ularni terrorchilar qarshisida qo‘rqmaslikka chaqirdi

Google bosh direktori Sundar Pichay ilk bor Medium blogplatformasida chiqish qilib, unda IShID xavfi tufayli musulmonlarga nisbatan bildirilayotgan tanqidlarga qarshi chiqdi.

U AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampning musulmonlarni AQSh hududiga qo‘ymaslik to‘g‘risidagi fikriga nisbatan shunday deb javob bergan:
“Amerika ko‘pchiligimizga u yerga borgunimizga qadar bizda mavjud bo‘lmagan imkoniyatni berdi. Gap faqat imkoniyatda emas.

Oshkoralik, bag‘rikenglik va yangi amerikaliklarni qabul qila bilish, mamlakatning kuchli va uning xususiyatlarini ochib beruvchi tomonidir. Bu yerda hech qanday tasodif bir holat yo‘q — Amerika muhojirlar mamlakati edi, oxir-oqibat, shunday bo‘lib qoladi”, — dedi u.
“Qo‘rquvning o‘zimizning qadr-qimmatimiz ustidan g‘olib chiqishiga yo‘l qo‘ymaylik. Biz musulmonlarni AQSh va dunyoning istalgan burchagida qo‘llab-quvvatlashga majburmiz”, — deb qo‘shimcha qilgan Sundar Pichay.

Top